Rossiyaning Qorachoy-Cherkas Respublikasi musulmonlar diniy boshqarmasi raisi va diniy birlashmalar bilan aloqalar bo‘yicha prezident kengashi a’zosi Ismoil Berdiyev “Yelsin markazi”da tekshiruv o‘tkazib, unda davlatga qarshi ish olib borilayotgani aniqlangan taqdirda portlatib yuborishga chaqirdi. Bu haqda u “Regions.ru” portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi TJournal.
Berdiyev muqaddam prezident markazini tanqid qilgan rejissor Mixalkovning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. U RF birinchi prezidentining rafiqasi Naina Yelsinani ham tanqid ostiga oldi.
Yekaterinburgda joylashgan Boris Yelsin nomidagi prezident markazi atrofidagi bahslar u ta’sis etilgan 2015-yil noyabridan boshlangan edi. Rejissor Nikita Mixalkov o‘zining “Besogon” ko‘rsatuvida “Yelsin markazi”ni odamlarning ongini buzishda ayblaganidan so‘ng bahslar yanada avj oldi.
Izoh (0)