13–14-dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga Xalqaro-huquqiy departament direktori Arman Isetov boshchilik qildi.
Uchrashuv chog‘ida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslari inventarizatsiyadan o‘tkazildi, ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari hamda hamkorlikning huquqiy asoslarini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlarining faoliyati to‘g‘risida ham fikr almashildi.