16-dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Tashqi ishlar vazirligida hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Alan Dunkan davlat rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
Izoh (0)