Amerikalik diyetologlar guruhi 2017-yilda qaysi foydali taomlar ommabop bo‘lishini aniqladi. USA Today’ning ma’lum qilishicha, achitish yordamida tayyorlangan fermentlangan mahsulotlar ommalashadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Diyetologlar The Monday Campaigns notijorat vebsayti vakillari bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazdi. Unda kelgusi yilda fermentlar bilan to‘yingan “tirik” mahsulotlar va ichimliklar urfda bo‘lishi aniqlandi.Jumladan, tabiiy qatiq, kombucha fermentlangan choyi, kvas va yogurt, shuningdek, tuzlangan karam va an’anaviy koreyscha taom kimchi trendda bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar ovqat hazm qilish jarayonini normallashtiruvchi foydali bakteriyalarga ega.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)