2016-yilda jahon bo‘yicha hibsga olingan jurnalistlar soni 2015-yilga nisbatan ancha ko‘paygan bo‘lib, bu ko‘p jihatdan Turkiyadagi vaziyatning yomonlashuvi bilan bog‘liq. Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkilotining yillik hisobotida aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Hisobot davrida jami 348 jurnalist qo‘lga olingan bo‘lib, bu 2015-yilgiga nisbatan 6 foizga ko‘proqdir.
Ro‘yxatga blogerlar hamda frilanser jurnalistlar ham kiritildi.
Bundan tashqari, qo‘lga olingan ayol jurnalistlar soni to‘rt barobardan ko‘proqqa o‘sgani (5 kishidan 21 kishiga) ta’kidlandi.
Ekspertlarning aytishicha, ayni paytda Turkiyada 100 dan ortiq OAV xodimi hibsda tutib turilibdi.
Izoh (0)