Star Kids International — dunyoning ilg‘or American school va British school kabi maktabgacha ta’lim muassasalarida bir necha yil davomida tajriba orttirgan Gulshan Omonova tomonidan tashkil etilgan bolalar bog‘chasidir. Bog‘chada mashg‘ulotlar yuqori malakali mahalliy o‘qituvchilar tomonidan “Bolajon” va xalqaro “Montessori” o‘qitish dasturlari asosida, ingliz va rus tillarida olib boradi.
Tashkil etilganiga oz fursat bo‘lganiga qaramay, hozirda mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida 10 xil millat vakillari bo‘lgan, 3—7 yoshlardagi 41 nafar shirindan shakar bolajonlar tarbiya topmoqda. Bunday ko‘p millatli muhit bolakaylarga oson til topishib, tez do‘stlashib ketishni o‘rgatadi, eng muhimi, yoshlikdan boshqa madaniyatlardagi o‘ziga xoslikni anglab, xorijiy tillarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otadi.
Mazkur bog‘chada tarbiyalanuvchilar 10—12 kishilik kichik guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhga alohida ikki o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi. Mashg‘ulotlar qat’iy belgilangan, 1 choraklik reja-dastur asosida olib boriladi va har bir bolaning o‘zlashtirish darajasi ota-onasiga alohida hisobot shaklida taqdim etiladi.
Star Kids International bolalarning sog‘lom o‘sib, rivojlanishi uchun to‘g‘ri ratsionda ovqatlanishga ham juda katta e’tibor beradi. Malakali oshpazlar kunlik talab etiladigan kaloriyalar mutanosibligini ta’minlagan holda, vitaminlarga boy 5 mahal ovqat tayyorlash bilan birga, hatto yosh oshpazga pazandalik sirlarini ham o‘rgatib boradi.
Bog‘chada ingliz va rus tillarini mukammal o‘rgatishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlardan tashqari, bolalarning keng qamrovli qiziqishlarini inobatga olgan holda, san’at, musiqa, raqs, shaxmat va karate to‘garaklari ham tashkil etilgan. Bundan tashqari, ertak qahramonlari ishtirokidagi o‘yinlar, Toshkentning diqqatga sazovor joylariga uyushtiriladigan dala safarlari, qolaversa, ichki ishlar hodimlari ishtirokidagi yong‘in xavfsizligi va yo‘l qoidalari haqidagi mashg‘ulotlar ham bog‘cha ta’lim dasturining ajralmas qismidir.
Bog‘chamizda, mana, 1 yildirki har shanba kuni ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi bolalar uchun bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida mahsus Story Time ko‘rsatuvi tasvirga olinadi va har haftada 3 marotaba — seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 8:00 da “Bolajon” telekanalida efirga uzatiladi.
Bog‘chamizda mavjud boy moddiy-texnik baza, bolalarni sevuvchi ko‘p sonli yuqori malakali o‘qituvchilar va xodimlar guruhi, xorijda sinovdan o‘tgan samarali o‘qitish metodlarini qo‘llanilishi tufayli, yuqori sifatli ta’lim-tarbiya jarayoni yaratilgan. Hozirgacha bog‘chamizda tarbiya olgan bir necha bolakay poytaxtimizdagi imtihon asosida o‘qishga qabul qiladigan xalqaro maktablarga bir yo‘la 2-sinfga qabul qilingan.
Agar siz ham farzandingiz uchun munosib maktabgacha ta’lim muassasasi qidirayotgan bo‘lsangiz, sizni bog‘chamizga taklif qilamiz. Keling, ko‘ring va yuqori sifatli ta’lim jarayoni ta’minlanganligiga ishonch hosil qiling.
Star Kids International
- Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37-uy
- Mo‘ljal: “Moskovskaya pitssa” ro‘parasida
- Telefon: (+998-71) 215-54-58, (+998-91) 162-81-91, (+998-90) 973-03-77
- Veb-sayt: www.starkids.uz
- Facebook: www.facebook.com/starkidsuz
- Telegram: @StarKidsInternational