Xitoyda yuk poyezdi tezkor yo‘llarda 6 nafar temir yo‘l ishchisini o‘lar holatda urib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
CCTV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Xenan provinsiyasida yuz berdi. Hozirda uning tafsilotlarini o‘rganishga kirishildi.
Xalqaro Xitoy radiosining ta’kidlashicha, mamlakatda qurilish ketayotgan yo‘llarda poyezdlarning harakatlanishi taqiqlangan. Yuk poyezdi bu qoidaga amal qilmagani sababi aniqlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.