Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchisi mamlakat janubi-sharqida, Diyorbakir shahri yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Samolyot harbiy operatsiyadan qaytayotgan paytda quladi. Uchuvchi katapultadan foydalanib, samolyotni tark etdi va omon qoldi.