Tailandda 30 mingga yaqin kishi yangi monarxning taxtga o‘tirishi sharafiga e’lon qilingan amnistiyaga tushdi. Bu haqda Jazoni ijro etish departamenti rahbari Kobkiat Kasivat ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Birinchi mahbuslar ozodlikdan mahrum etish joylarini yaqin uch kunda tark etishi mumkin. Zo‘ravonlar va narkotik moddalar bilan savdo qiluvchilar amnistiyaga tushmaydi”, — deya aniqlik kiritdi Kasivat.
Uning so‘zlariga qaraganda, qirollik afviga sazovor bo‘lgan Tailandning eng mashhur mahbuslaridan biri Milliy parlamentning sobiq deputati Chuvit Kamolvisit bo‘ldi. U joriy yilning boshida Bangkok markazidagi 60 ta barni yo‘q qilganligi uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatga ko‘ra, nogiron mahbuslar, shuningdek, onkologik xastaliklar, ruhiy buzilishlar va boshqa og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan mahbuslar afv etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.