Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yillik daromadiga ko‘ra Yevropaning ko‘pgina top-klublaridan ustun turadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Krishtianuning vakillari chop etilgan soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, o‘tgan yilda u 227,5 million yevro pul ishlab topdi. Bu ko‘rsatkich Italiyaning “Milan” jamoasi bir yilda topgan puldan ko‘proqdir — “rossoneri” 2015-yilda 198,8 million yevro ishlagan edi.
Yaqinda portugaliyalik hujumchi “Real” bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, futbolchi yiliga 23,6 million yevro maosh oladi.