Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat maxsus mo‘ljal bo‘linmalarining Rossiya hududidagi aksilterror operatsiyalarida ishtirok etishi bo‘yicha xalqaro kelishuv loyihasini ma’qullash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Farmon Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasiga kelishuv loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkonini beradi. Endilikda qo‘mitaga, zarur bo‘lgan taqdirda, kelishuvga prinsipial xarakterga ega bo‘lmagan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ruxsat etiladi.