Honda Motor Xitoyda avtomobil zavodi qurilishi boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.
Zavod Xubэy provinsiyasi ma’muriy markazi Uxanda barpo etiladi. Investitsiyalarning umumiy summasi 3 milliard yuanni (435 million dollar) tashkil etadi. Zavod 2019-yilning birinchi yarmida avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi.
Zavodning quvvati yiliga 120 ming avtomobildan iborat va bu Xitoyda Honda mashinalari ishlab chiqarish yillik hajmini 1,25 million donaga yetkazish imkonini beradi. Korxona Yaponiya kompaniyasining Xitoydagi oltinchi, Uxandagi uchinchi zavodi bo‘ladi va 2 ming kishini ish bilan ta’minlaydi.
“Bu yil Honda avtomobillarining Xitoydagi sotuvi 1,2 million donani tashkil etadi”, — deya taxmin qildi kompaniya prezidenti Takaxiro Nachigo. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 foiz oshiq bo‘lib, Honda uchun Xitoydagi yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.