Namangan viloyati Pop tumanining Chodak qishlog‘idagi faxriy pedagog Sharofiddin Hasanov xonadonida parvarishlangan bir dona oshqovoq 17,3 kilogramm tosh bosdi, deb xabar bermoqda “Namnews.uz”.
“‘Namnews.uz’ muxbirlari xonadonda bo‘lib, ushbu oshqovoqdan pishirilgan tandir somsadan tanavvul qildilar. Mazasi og‘izda qoldi”, – deyiladi xabarda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.