Yaponiyaning Yokogama va Osaka shaharlari mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida yarim final juftliklari aniq bo‘ldi.
Musobaqaning nimchorak finalidan yurishini boshlab, Yangi Zelandiya chempioni “Oklend Siti”ni 2:1 hisobida taslim qilgan Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubi, chorak finalda ham zafar quchdi.
Afrika qit’asi chempioni hisoblangan klubga qarshi bellashuvda kunchiqar yurt yetakchisi 2:0 hisobida g‘olib chiqdi. Endi final chiptasini qo‘lga kiritishi uchun “Kashima Antlers” Libertadores Kubogi g‘olibi — Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubini mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.
Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi — Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” klubi esa Madridning “Real” jamoasiga raqib bo‘lish imkoniyatini boy berdi. Meksikaning “Amerika” jamoasiga qarshi o‘yinda koreyalik futbolchilar hisobda oldinda bora turib, yakunda ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Klublar mundiali Chorak final 11-dekabr, yakshanba