BMTning yangi bosh kotibi, Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish tashkilot Bosh Assambleyasi sessiyasi chog‘ida to‘qqizinchi bosh kotib sifatida qasamyod qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tantanali yig‘ilish chog‘ida Guterrish qo‘lini BMT yo‘riqnomasiga qo‘ygancha alohida davlatlar emas, tashkilot manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga qasamyod etdi.
Bosh Assambleya minbarida u bilan birga amaldagi bosh kotib Pan Gi Mun hamda Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lgan mamlakatlar vakillari turgan edi.
Guterrish 13-oktabr kuni tashkilot bosh kotibi etib tayinlandi. Sessiya davomida amaldagi bosh kotib Pan Gi Munga 10 yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi. 2017-yil 1-yanvaridan uning o‘rnini Guterrish egallaydi.