Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi bortida Braziliyaning “Shapekoense” futbolchilari bo‘lgan samolyotning halokatga uchrashidan so‘ng omon qolgan klub a’zosi Alan Rushel yura boshladi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
Bir hafta avval falaj bo‘lib qolgan 27 yoshli himoyachi oyoqqa turib, tiklanish jarayonini boshlab yubordi. “Sog‘ayish jarayoni yaxshi o‘tayotganini ma’lum qilmoqchiman. Tez orada Braziliyaga qaytib, u yerda tiklanish jarayonini yakunlayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Meni g‘amxo‘rlik va muhabbat qurshab oldi. Yana bir marta barchaga tashakkur”, – dedi futbolchi.
#AlanRuschel| Así avanza la recuperación de Alan Ruschel en el Hospital San Vicente Fundación de Rionegro. pic.twitter.com/vF3ZB1Q9HW
— 360 Radio (@360RadioCo) December 7, 2016
Alan Rushel aviahalokatda omon qolgan kamsonli kishilardan biri. Aviahalokatda “Shapekoeyense”ning 27 nafar jamoa a’zosidan 23 nafari voqea joyida halok bo‘lgandi. Alan Rusheldan tashqari zaxira darvozaboni Jekson Folmann va himoyachi Xelio Sampyer Neto omon qolgan. Asosiy darvozabon Markos Danilo esa shifoxonada jon bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.