Afg‘oniston sharqidagi Parvon viloyatida “Tolibon” harakatining dala qo‘mondoni Mulla Naim Kur yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat IIV bayonotiga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari — Luvgar, Nangarhor, Hilmand, shuningdek, mamlakat shimolidagi — Qunduz, Jo‘zjon va Parvonda ekstremistlar pozitsiyalarining sezilarli darajada kuchayishi kuzatilgan.
“Tolibon” harakatining dala qo‘mondonlari va jangarilari borgan sari ko‘proq IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik haqida qasamyod qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.