Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turidan joy olgan 5 ta uchrashuvga yakun yasaldi. Qolgan besh o‘yin 11—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubidan 6 ochko ortda qolayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Osasuna” ustidan yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvda dubl qayd etgan Lionel Messi mavsumdagi gollari sonini 11 taga yetkazib, 15-turni o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Luis Suares esa ko‘rsatkichlarini Ronalduniki bilan tenglashtirdi — 10 ta gol.

“Real” esa o‘z maydonida qiyin va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Luka Modrich, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl kabi yetakchilari yo‘q bo‘lgan jamoa 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

“El-Klasiko”da bo‘lgani kabi “Real”ni bu safar ham himoyachi Serxio Ramos qutqarib qoldi. Uning 92-daqiqada urgan goli “qirollik klubi”ga 3 ochko taqdim etdi.

Ispaniya La Ligasi

15-tur bellashuvlari

9-dekabr, juma

“Malaga” — “Granada” 1:1

Gollar: Ignasio Kamacho, 24 (1:0). Artyom Kravets, 81 (1:1).

10-dekabr, shanba

“Osasuna” — “Barselona” 0:3

Gollar: Luis Suares, 59 (0:1). Lionel Messi, 72 (0:2). Lionel Messi, 90+2 (0:3).

“Real Sosyedad” — “Valensiya” 3:2

Gollar: Villian, 2 (1:0). Villian, 24 (2:0). Daniyel Parexo, 36-pen (2:1). Xuanmi, 91 (3:1). Zakariya Bakkali, 93 (3:2).

Noaniq penalti: Karlos Vela, 60 (R).

Chetlatish: Joau Kanselu, 82 (V).

“Las-Palmas” — “Leganes” 1:1

Gollar: Marko Livayya, 21 (1:0). Migel Anxel Gerrero, 76-pen (1:1).

“Real Madrid” — “Deportivo” 3:2

Gollar: Alvaro Morata, 50 (1:0). Xoselu, 63 (1:1). Xoselu, 65 (1:2). Mariano Dias, 84 (2:2). Serxio Ramos, 90+2 (3:2).

11-dekabr, yakshanba

“Eybar” — “Alaves”

“Selta” — “Sevilya”

“Espanyol” — “Sporting”

“Betis” — “Atletik”

12-dekabr, dushanba

“Vilyarreal” — “Atletiko”

Foto: Livescore.in

Foto: Livescore.in