Aralash turdagi janglar ustasi, Hayvon laqabli amerikalik jangchi Endryu Uitni ringdagi qizni tasodifan urib yubordi. Ushbu voqea aks etgan video Twitter’da chop etildi, deb xabar beradi EuroSport.
32 yoshli jangchi Titan Fight Championship 42 doirasida qozog‘istonlik Farid Sharipovga qarshi kechgan bahs natijalari e’lon qilinganidan so‘ng ring-gyorlni urib yubordi va uni nokautga uchratdi. Jang yakunlariga ko‘ra Uitni 49-46, 48-47, 48-47 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda bilgan jangchi jahl bilan qo‘l siltadi va uning mushti yonida turgan qizning jag‘iga tegib ketdi.
Qiz og‘ir jarohat olmadi.
Izoh (0)