Shvetsiyaning Malmyo shahrida noma’lum rassomlar sichqonlarga mo‘ljallangan restoran va do‘kon shaklidagi ko‘cha installyatsiyasini yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Installyatsiyada ko‘plab tafsilotlarga e’tibor berilgan. Masalan, restoranga kirishda shisha ortiga joylangan menyu osib qo‘yilgan, kichkina velosiped qoldirib ketilgan, do‘konda esa plakatlar osilgan, shuningdek, transformator budkasi joylashgan.
Miniatyura mualliflari o‘zlarini AnonyMouse deb ataydi hamda Instagram’da o‘z sahifasini yuritadi. Mitti restoran rasmlarini ijtimoiy tarmoqda joylashtirgach, ular 2017-yilda muxlislariga ko‘proq narsa ko‘rsatishga va’da berdi.