Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriya shimolida IShID terrorchi guruhining o‘nta obyektini yo‘q qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
O‘z navbatida, Suriya muxolifatining qurolli guruhlari Turkiya armiyasi ko‘magida al-Bob va Manbij shaharlari orasidagi strategik ahamiyatga ega transport uzelini nazorat ostiga oldi.
Ayni paytda muxolifat kuchlari al-Bob shahrini qamal qilmoqda. Shahar IShIDning Aleppodan shimoldagi oxirgi tayanchi hisoblanmoqda.
Ilgariroq Turkiya operatsiya kontingentini kuchaytirish maqsadida Suriyaga 300 nafar maxsus bo‘linma jangchilarini yuborgani ma’lum bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)