Farg‘ona shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bozor qurilishiga 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Bu yerda savdo qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.
“Majmua dehqon va fermerlar, tadbirkorlar uchun logistika markazi vazifasini ham o‘taydi, — dedi bozor direktori M. Boymatov. — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, shartnomalar tuzish va eksport qilish uchun barcha sharoit yaratilgan. Omborxonalarda 2800 tonna mahsulotni saqlash imkoniyati mavjud. Savdo rastalarining usti yopiq, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulaylik yaratilgan”.
Izoh (0)