Oxirgi sutka davomida Suriyadagi Aleppo shahrining terrorchilar nazorati ostidagi hududlarini qariyb 11 ming kishi tark etdi, 30 jangari hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya dushman taraflarni yarashtirish markaziga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shahardan chiqqan jami 10724 kishidan 4015 nafari bolalardir.
Hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘lgan 30 nafar jangari Suriya prezidenti e’lon qilgan amnistiya doirasida afv etildi.
Izoh (0)