Twitter 2016-yilgi sport voqealari umumlashma xulosalarini chiqardi. Hisobotga ko‘ra, yilning Twitter’da eng ko‘p muhokama qilingan global sport voqeasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati (Yevro–2016), Superboul (Amerika futboli bo‘yicha AQSh chempionati finali), MBA final seriyasi, futbol bo‘yicha Amerika kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi, Bosh beysbol ligasi Jahon seriyasi, Amerika futboli bo‘yicha Milliy chempionat, jahonning eng yaxshi futbolchisiga “Oltin to‘p” topshirish marosimi hamda “Uimbldon” tennis turniri kirdi.
O‘tayotgan yilning eng mashhur tviti deb “Lester” jamoasining Angliya chempionatidagi g‘alabasi to‘g‘risidagi xabari tan olindi. U 396 ming marta retvit qilindi. Ikkinchi o‘rinni marhum Muhammad Alining rasmiy sahifasida motam tviti (257 ming retvit), uchinchi o‘rinni esa Zlatan Ibrahimovichning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi to‘g‘risidagi xabar (222 ming retvit) egalladi.