2015-yilda AQShda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 24 yil ichida birinchi marta tushib ketdi. Buni Milliy sog‘liqni saqlash statistikasi markazi hisoboti ko‘rsatmoqda, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Hisobot davrida o‘rtacha umr davomiyligi 78,8 yilni tashkil etdi. Bu 2014-yilgiga nisbatan 0,1 yilga kamroqdir.
2015-yili AQShda 2014-yilga nisbatan 86 ming ko‘proq odam o‘ldi.
1980-yillarda mamlakatda OITS epidemiyasi tarqalishi munosabati o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi tushib ketgan edi. Shundan buyon tushish birinchi marta qayd qilinishi.
Izoh (0)