AQShning Time jurnali har yilning dekabr oyida yil odamini tanlaydi. 2016-yilda AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ushbu maqomga ega bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Nashr o‘z tanlovida inson yil voqealariga o‘tkazgan ta’sirini inobatga oladi.
Shu bilan birga, jurnal mualliflari Tramp shaxsining ziddiyatli ekanligini tan oldi.
“Kimgadir u Amerikada hukmron sinfdan norozilikka javob bo‘lib tuyuladi. Boshqalar esa Donald Trampning irqchilik va jinsiy ayirmachilikka moyilligi bor deb hisoblaydi”, — deyiladi jurnalda.