Saudiya Arabistoni sudi Eron josuslik guruhining 15 nafar a’zosiga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash haqida qaror chiqardi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Saudiya Arabistoni hukumati 2016-yilning iyunida josuslik tarmog‘ining 32 nafar xodimi hibsga olinganligi haqida ma’lum qilgan edi. Ulardan 30 nafari Saudiya Arabistoni fuqarosi, bir nafari eronlik va yana bir nafari afg‘onistonlik edi.
Ular Eron razvedkasi bilan hamkorlik qilib, Saudiya armiyasi haqida ma’lumot yetkazgan guruhni tashkil etishda ayblandi.
Sudlanuvchilarga, shuningdek, Eron diniy yetakchisi Ali Xomanaiy bilan uchrashish va qirollik hududida terakt uyushtirishga urinish bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Guruhning ba’zi a’zolari kompyuter tizimlarini buzishda aybdor deb topildi.
Guruhning qolgan 17 a’zosiga qanday jazo qo‘llanganligi ma’lum qilinmadi. AP agentligining ma’lum qilishicha, bir necha sudlanuvchi qamoq jazosiga hukm qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)