Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi — Osiyo Chempionlar Ligasining mukofot pullariga biroz o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda “Championat.asia” ma’lumot berdi.
Bunga qadar turnir guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun 40 ming AQSh dollari to‘langan bo‘lsa, 2017-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 50 mingga qadar oshirilgan.
Durang uchun ilgari 20 ming dollar berilgan bo‘lsa, uning miqdori endi kamaygan — 10.000$.
OFK, shuningdek, jamoalarning safar harajatlari uchun beriladigan pulni ham kamaytirdi. Hozirga qadar har bir o‘yin safari uchun klub hisob raqamiga 34.200 dollar kelib tushgan bo‘lsa, yangi yildan boshlab bu naqd 30.000 ni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida so‘nggi ikki mavsum O‘zbekistondan 4 tadan klub ishtirok etgandi. 2017-yil esa faqatgina “Lokomotiv”da shunday huquq bor. “Bunyodkor” va “Nasaf” guruh bosqichida ishtirok etish uchun pley-off o‘yinlaridan o‘tib borishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)