Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining “A” guruhida so‘nggi — 6-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
Guruhda yetakchi bo‘lib turgan Londonning “Arsenal” klubi mazkur turni Shveysariyada o‘tkazib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Angliya Premyer-Ligasining shu mavsumida bor-yo‘g‘i 3 ta o‘yin o‘tkazgan ispaniyalik Lukas Peres unda xet-trik qayd etdi.
“Arsenal” guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlashga erishdi. Parij klubiga qarshi ikki durang va yana 4 ta g‘alaba. “PSJ” ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etishi mumkin edi. Biroq Unai Emeri jamoasi so‘nggi turda 2 ochko yo‘qotdi. Edinson Kavani va Anxel Di Mariya tomonidan urilgan gollar parijliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Fransiya poytaxtida qo‘lga kiritilgan 1 ochko Bolgariyaning “Ludogorets” klubiga Yevropa Ligasi eshiklarini ochib berdi. “Bazel” esa xalqaro maydon bilan xayrlashdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “A” guruhi. 6-tur 6-dekabr, seshanba
Izoh (0)