Bu 24 yoshli Hazar Hayyat Xon, u 24 yoshda. Uni Pokistonda Xalk nomi bilan ko‘proq tanishadi.
Hayyat Xon 436 kilogramm. Shaharda o‘zidan kuchliroq yana kimdir bor ekaniga ishonmaydi. Shunga qaramay, yanada bahaybatroq bo‘lishni va professional jangchi sifatida tanilishni istaydi.
“Men o‘zimga ishonaman, chunki kuchim yetarli darajada. Nima bo‘lishini hozircha bilmayman-u, lekin yanada yuqoriroqqa chiqib, birinchi bo‘lishni istayman”, — deydi pokistonlik Xalk.
U kuniga 4 ta tovuq va 3 quti tuxum iste’mol qiladi, ketidan 5 litr sutni ichib yuboradi.
“To‘g‘ri, men katta kaloriya qabul qilaman. Bu menga kuch beradi va yanada mustahkam bo‘lishimni ta’minlaydi”.
Xan AQShdagi Xalqaro Restling Federatsiyasi tan oladigan darajada jangchi bo‘lishni orzu qiladi. Bu borada u Pokistondagi rasmiylardan umid qildi. Biroq rasmiylar Xan bilan kelishuv bo‘lishi mumkinligini inkor qilgan. Shunga qaramay Xalkning orzulari olam-olam.
Izoh (0)