Fransiyaning “Nitssa” jamoasi hujumchisi Mario Balotelli klub mashg‘ulotlaridan birida jarohat olib, 20-noyabrdan buyon maydonga tushmayapti.
Hozircha italiyalik futbolchi maydonga qaytishga tayyor emas, ammo jarohatidan tiklanayotgan “Super Mario” o‘z uyida to‘p bilan ishlashni boshlab yubordi.
Ma’lumot uchun, Mario Balotelli Fransiya chempionati doirasida 6 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Yevropa Ligasida uning hisobida 1 ta gol bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)