Buyuk Britaniyaning Mossli shaharchasida istiqomat qiluvchi 7 yoshli Teo ismli nemis ovcharkasi oshxona eshigini g‘ajib, o‘zi hosil qilgan teshikda tiqilib qoldi. Voqea haqida Meduza hikoya qilib berdi.
Uyda yolg‘iz qolgan Teo tasodifan o‘zini oshxonaga qamab qo‘ydi. Oshxonadan chiqishda mushuk uchun mo‘ljallangan darchali qalingili 4,5 santimetrli eshik o‘rnatilgan. Kuchuk darcha va uning atrofini jag‘idi hamda hosil bo‘lgan teshikdan o‘tmoqchi bo‘lganida tiqilib qoldi.
It egasi — Elen ismli ayol uyiga qaytganida eshikka tiqilib qolgan Teoni ko‘rib, qo‘rqib ketdi va unga darhol yordam berdi.
Elenning aytishicha, itning bo‘ynida qon izlari bor edi, ammo uning ahvoli yaxshi. “Eshiklar o‘g‘rilardan himoyalangan, ammo Teodan emas”, – dedi Elen.
Qayd etilishicha, it keltirgan zarar 850 funt sterlingga baholanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)