Rossiyada dekabr oyida neftning sutka mobaynida qazib olish hajmi 0,8 foizga oshib, yangi tarixiy maksimum — 11,3 million barrelga yetishi mumkin. Bu haqda Rossiya energetika vazirining o‘rinbosari Kirill Molodsov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Oktabrda sutkalik qazib olish hajmi ilk bor 11,2 million barreldan oshdi va OPEK bilan dastlabki kelishuvga ko‘ra, Rossiya 2017-yildan boshlab aynan mazkur darajadan qazib olish hajmini sutkasiga 300 ming barrelga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Neft qazib olish hajmini kamaytirishning aniq reja-jadvali OPEK va unga a’zo bo‘lmagan davlatlarning 10-dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvigacha tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.