2016-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan McDermott, Will and Emery yuridik firmasining yetakchi yuristkonsultanti Jeyms Moranni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
24 yil davomida AQSh Kongressiga Virjiniya shtatidan saylangan Jeyms Moran O‘zbekistonning yangi Prezidentini saylash jarayonida ishtirok etish, hududlarga va qator saylov uchastkalariga tashrif buyurishdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston–AQSh hamkorligining ayrim masalalari muhokama qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)