Indoneziya politsiyasining ikki dvigatelli M-28 Skytruck samolyoti yo‘qolgan deb e’lon qilindi. Uning bortida 15 kishi bor edi, deb xabar beradi “RBK”.
Indoneziya harbiy-dengiz floti qutqaruv operatsiyasiga uchta kema va ikkita patrul qayig‘ini yubordi. Singapur fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Indoneziya politsiyasi samolyoti Batam oroliga yaqin yerda, dengiz ustida ekanligida dispetcher bilan aloqani yo‘qotganini tasdiqladi.
Bir muddatdan The Straits Times M-28 Skytruck bo‘laklari baliqchilar tomonidan Pulau Lingga oroli yaqinida topilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)