Argentina “G‘alaba fronti” muxolifat alyansi deputatlari respublika prezidenti Maurisio Makriga nisbatan sudga da’vo kiritdi. Bunga prezidentning mansabdorlarning qarindoshlariga kapital amnistiyasida ishtirok etishga ruxsat beruvchi dekretni imzolaganligi sabab bo‘ldi. Bu haqda 2-dekabr, juma kuni Telam agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Qonun chiqaruvchilar davlat rahbarini o‘z mansabidan foydalanishda ayblamoqda. Ularning fikricha, u prezidentlik farmoyishi yordamida unga konstitutsiya asosida yuklatilgan vakolatlarini oshirib, respublika qonunchilik hokimiyati tomonidan tasdiqlangan normani jiddiy o‘zgartirishga urinmoqda.
Deputatlar dekret mansabdorlarning shaxsiy manfaatlarini himoya qilish uchun imzolanganligini ta’kidlamoqda. Ular tomonidan berilgan shikoyatda moliya vaziri Alfonso Prat-Gay va hukumat raisi Markos Penya ham aybdorlar sifatida keltirib o‘tilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.