BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan KXDRning beshinchi yadro sinoviga javoban yangi rezolyutsiya ma’qullangandan so‘ng Yaponiya hukumati KXDRga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni kuchaytirdi. Tegishli qaror mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe ishtirokidagi hukumat yig‘ilishida qabul qilindi, deb yozadi “TASS”.
Yangi choralar paketi Yaponiyada istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari ligasi a’zolari va u bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar vakillariga nisbatan viza cheklovlarini kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Ular KXDRga borgan taqdirda Yaponiyaga qayta kirish taqiqlanadi. Shu kabi talablar Yaponiyada yashovchi yadro va raketa texnologiyalari sohasidagi barcha chet ellik mutaxassislarga ham taalluqli.
Bir tomonlama sanksiyalar, shuningdek, shu paytgacha KXDRda bo‘lgan barcha kemalarning yapon portlariga kirishiga taqiqni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Yaponiya BMT rezolyutsiyasiga muvofiq, KXDRdan kumush, mis va nikel importini taqiqladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)