Rossiyaning Kushva shahridagi 1-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sergey Xalyavin qo‘li yo‘q insonlarga yordam berish maqsadida plata va boshqaruv tugmalarini shippak ichiga joylashtirib, oyoqda boshqariladigan o‘ziga xos sichqoncha yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Uskuna svetodiodli tasmaga ega bo‘lib, bu undan qorong‘uda foydalanish imkonini beradi.
Xalyavin qo‘li yo‘q bir o‘rtog‘iga yordam berish maqsadida shu ishga qo‘l urganini aytdi.
“Modellashtirish birdaniga bo‘lmadi. Sichqoncha uchun maxsus materiallar tanlab olish kerak edi... Keyin svetodiodli tasmani payvandladik — axir biz tayyorlagan uskuna mo‘ljallangan insonning ko‘rishida muammolar bor. U sichqonchani qorong‘uda ham topa olishi, sichqoncha esa, o‘z navbatida, tungi chiroq sifatida ishlatilishi mumkin bo‘ladi”, — dedi yosh kashfiyotchining o‘qituvchisi Oksana Firsova.
Endilikda o‘quvchi sichqonchaning simsiz ishlashini ta’minlash hamda unga akkumulyator o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)