OPEK va unga a’zo bo‘lmagan davlatlar vakillarining uchrashuvi 10-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
30-noyabr kuni OPEK yig‘ilishida sakkiz yil ichida birinchi marta neft qazib olish hajmini sutkasiga 32,5 million barrelga qisqartirish qarori qabul qilindi. 1-yanvardan OPEK a’zolari o‘rtacha sutkalik qazib olish hajmini 1,164 million barrelga qisqartiradi.
Bundan tashqari, Venadagi yig‘ilishda monitoring komissiyasining tuzilishi hamda Indoneziyaning a’zoligini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.