Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi o‘ziga tegishli olmos biznesi — “Arxangelskgeodobicha” AJ aksiyalarining 100 foizini “Otkritiye Xolding” guruhiga 1,45 milliard dollarga sotadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Lukoyl”ning moliyaviy ishlar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Aleksandr Matitsinning so‘zlariga qaraganda, neftga ixtisoslashgan kompaniyaning olmosga ixtisoslashgan aktivini sotish bo‘yicha qaror aksiyadorlik qiymatining samarali monetizatsiyasi maqsadida qabul qilindi.
Kelishuv 2017-yilning birinchi choragida yopilishi ko‘zda tutilmoqda.