Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang yengil atletika bo‘yicha bir necha karra jahon va Olimpiada chempioni bo‘lgan Useyn Boltni musobaqalashishga chaqirdi.
Obameyangning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi buni inkor qilsa-da, muxlislar futbolchining tez yugurishiga qoyil qoladi. Bunday yoqimli fikrlar esa uni Bolt bilan musobaqalashishga undamoqda.Futbolchi Useyn Boltga video murojaatida sportchining qitiq patiga tegishga harakat qilgan. Qayd etish kerak, yaqindagina Boltning “Borussiya Dortmund” klubiga futbolchi sifatida tashrif buyurishi borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.