Vyetnam Sotsialistik Respublikasi prezidenti Chan Day Kuang 4,2 ming mahbus uchun amnistiya to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Xanoydagi matbuot anjumanida davlat rahbari devonxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Zyang Shon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yangi yil bayramlari munosabati bilan afv etilganlarning nomma-nom ro‘yxati butun mamlakat bo‘ylab jazoni ijro etish muassasalariga yetkazilgan. 1-dekabrdan boshlab afv etilganlar ozodlikka chiqishni boshlaydi.
Bu joriy yil hisobidan Vyetnamdagi ikkinchi amnistiyadir. 2-sentabr kuni mamlakatda nishonlanadigan Mustaqillik kuni munosabati bilan avgustda 25 mingga yaqin mahbusga nisbatan amnistiya e’lon qilingan edi. Ulardan 2,1 mingga yaqini muddatidan oldin ozodlikka chiqqan bo‘lsa, 22 ming nafarining qamoq jazosi muddati qisqartirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)