28–30-noyabr kunlari O‘zbekiston vakillari Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ikkinchi suv sammitida ishtirok etdi. Safar doirasida delegatsiya BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llardan foydalanish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha 1992-yilgi konvensiya doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni ijrochi kotibga mamlakatning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasidagi raisligi yillarida (2013–2016) erishilgan natijalar haqida axborot berdi.
Izoh (0)