Braziliya futbol klublari Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi avihalokatga uchragan “Shapekoense” jamoasining mamlakat yuqori divizionda uch mavsum qolishini kafolatlash taklifi bilan Braziliya futbol federatsiyasiga chiqdi. Bu haqda, Reuters agentligiga tayanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
“Bu biz ko‘rsata oladigan minimal dalda, ammo u ‘Shapekoense’ klubi va Braziliya futboli yo‘qotgan bir qismni qayta tiklash uchun samimiy niyatdir”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq “Gremio” klubi prezidenti Romildo Bolzanu Braziliya klublariga bir yoki ikki futbolchisini “Shapekoense”ga ijaraga berishni taklif qildi. Agar bu ish amalga oshsa, “Shapekoense” 2017-yili Braziliya chempionatiga ishtirok eta oladi. Mazkur taklifni bir necha klub qo‘llab-quvvatladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Shapekoense” klubining ikki futbolchisi – zaxira darvozaboni Jekson Follmann va himoyachi Alan Rushel tirik qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan tirik topilgan jamoaning asosiy posboni Danilo keyinroq shifoxonada jon berdi.Qayd etish joiz, “Shapekoense”ning 9 nafar a’zosi Kolumbiya safaridan chetda qolgandi.Braziliya futbol federatsiyasi Kolumbiyadagi aviahalokat munosabati bilan 7 kunlik motam e’lon qildi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.