O‘zMTRKning “Sport” telekanali futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalini jonli namoyish etishni rejalashtirgani haqida “Championat.asia” ma’lumot berdi.
Final 30-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 13:00 etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Kubogi finalida Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Lokomotiv” klublari to‘p suradi. 2016-yilgi mavsumni “Nasaf” bronza, “Lokomotiv” esa oltin medallar bilan yakunlagandi.