Britaniyalik politsiyachilar bolta bilan qurollangan erkakka qarata o‘t ochdi

Angliya sharqidagi Kingston-apon-Xall shahrida politsiyachilar bolta bilan qurollangan erkakka qarata o‘t ochdi. Bu haqda, Daily Mail nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “InoSMI”

Foto: “InoSMI”

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda voqea joyi o‘rab olingan.

“Bugun 31 yoshli erkak politsiya tomonidan yaralanganini tasdiqlashimiz mumkin. uning ismi hozircha aytilmayapti, ayni paytda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deb izoh berdi politsiya vakili yangilikka.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing