Forbes jurnali talqini bo‘yicha Rossiyaning eng badavlat insonlari ro‘yxatida uchinchi pog‘onada joylashgan Alisher Usmonov Tataristonning Bolgar shahridagi shu nomli islom akademiyasi qurilishiga 500 million rubl xayriya qildi. Bu haqda “Biznes Online” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Bolgar islom akademiyasi qurilishining umumiy budjeti qariyb 1 milliard rublni tashkil qiladi. Alisher Usmonov ko‘rsatgan yordami orqali qurilish budjetining yarmini yopdi.
Akamediya qurilishiga jami 900 million rublga yaqin mablag‘ jalb etilgani ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)