Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining shimoliy va markaziy qismida noyob tabiiy hodisa kuzatilmoqda. “TASS”ning Al Arabiya telekanaliga asoslanib ma’lum qilishicha, ushbu hududlarda qor tushib, cho‘l oq tusga burkandi.
Ayniqsa Saudiya markazidagi Shakra va shimoli-g‘arbidagi Tabuk shaharlarida ko‘p qor tushdi. Al-Jauf viloyatidagi Tabarjal shahrida havo harorati Selsiy bo‘yicha minus uchga, Iordaniya chegarasidagi al-Quryat shahrida esa minus birga tushib ketdi.
Hozirda qirollikning ko‘pchilik tumanlarida yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. Saudiya Arabistonining sharqida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Dammam, Dahran, Xobar va Katif shaharlarida yomg‘ir oqimlarini to‘plash uchun maxsus texnikadan foydalanilmoqda.
Izoh (0)