Uganda g‘arbidagi Kasese shahrida Rvenzururu harakati aksilhukumat guruhi vakillarining politsiya bilan to‘qnashuvlarida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya rasmiy vakili Endryu Feliks Kaveyesining so‘zlariga qaraganda, 14 nafar politsiyachi va 41 nafar jangari halok bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, politsiya va armiyaning qo‘shma bo‘linmalari Kasese shahri yaqinida patrullash tadbirlarini amalga oshirayotganida ularga hujum uyushtirildi. Jangarilar qo‘lbola granata uloqtirib, askarlardan birini yaraladi. Shundan so‘ng boshlangan otishmada to‘rt jangari o‘ldirildi.
Bu voqeadan so‘ng yaqin atrofdagi boshqa aholi yashash punktlarida to‘qnashuvlar avj olib ketdi.