AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama marhum Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning oilasiga hamda Kuba xalqiga hamdardlik izhor qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Obamaning ta’kidlashicha, tarixning o‘zi Kastroning Kubada tutgan o‘rniga baho beradi.
“Fidel Kastro ketayotgan pallada biz Kuba xalqiga yordam qo‘lini cho‘zamiz. Tarix bu shaxsning odamlar va atrofidagi olamga ko‘rsatgan ta’siriga baho beradi”, — dedi Obama.
Bir muddat ilgari AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Twitter’da Kastroning o‘limini qayd etdi.
Izoh (0)